<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » October » 18 » BlackBerry smartfonlarini ishlab chiqaruvchi RIM kompaniyasi o‘zgarishlar arafasida                                                                                                                 Print Friendly and PDF
10:06 PM
BlackBerry smartfonlarini ishlab chiqaruvchi RIM kompaniyasi o‘zgarishlar arafasida                                     
BlackBerry smartfonlarini ishlab chiqaruvchi RIM kompaniyasi o‘zgarishlar arafasida
 
Kanadada joylashgan, BlackBerry smartfonlari va PlayBook planshet kompyuterlari bilan mashhur "Research in Motion” (qisqacha, RIM) kompaniyasi joriy haftaning seshanba kunidan boshlab dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar uchun o‘zining yillik anjumanini o‘tkazadi.
 
"The New York Times” gazetasida aytilishicha, AQShning San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tadigan bu yilgi anjumanning asosiy maqsadi muhandislarni BlackBerry va PlayBook uchun mo‘ljallangan yangi dasturiy ilovalarni ishlab chiqishga undashdir.
Jim Balsillie va Mike Lazaridis rahbarlik qiladigan "Research in Motion” kompaniyasi o‘zining tamomila yangi operatsion tizimini ishlab chiqqan. Dasturchilar hamjamiyati esa kompaniyadan mana shu yangi tizim asosida ishlab chiqariladigan yangi avlod smartfonlarining e’lon qilishini intiqib kutmoqdalar. Ammo RIM smartfonlar haqida deyarli hech narsa demagan va ularning relizi bilan bog‘liq hech qanday sanani tilga olmagan. Ko‘pgina tahlilchilar ham ertangi tadbirda yangi apparatlar e’lon qilinishiga shubha bilan qarasalar-da, anjuman paytida kelasi yil bo‘lib o‘tadigan reliz vaqtini bilishdan umidvor bo‘lmoqdalar.
BlackBerry telefon apparatlarining hozirgi modellari kompaniya tomonidan 12 yil oldin ishalab chiqilgan operatsion tizim asosida ishlaydi. Shu sababdan ham, ular Apple va Google mahsulotlari imkoniyatlaridan ancha orqada qolib kelmoqda. Bozorga chiqarilganiga hali ko‘p bo‘lmagan PlayBook plansheti uchun dasturchilarning ilovalar ishlab chiqishi esa juda murakkab jarayon. Chunki, buning uchun asboblar noqulay, buning ustiga "Research in Motion” ilovalarni taqdim etishda ayrim byurokratik to‘siqlarni qo‘yadi (masalan, ilova muallifi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalarini talab qilishi). O‘tgan bir necha hafta davomida esa dunyoning bir qator mamlakatlaridagi millionlab BlackBerry sohiblari RIM tomonidan yuzaga chiqqan texnik nosozliklar guvohi bo‘lishdi. Bu esa kompaniya mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan ishonchsizlikning yanada oshishiga sabab bo‘ladi.
 
Yuzaga kelgan muammolarni to‘g‘ri anglagan kompaniya vakillari yangi operatsion tizim – QNX (kyu-niks deb o‘qiladi) platformasini ishlab chiqqanlar va anjumanda uning xususiyatlari ma’lum bo‘ladi. Ayni paytda RIM uchun eng asosiy vazifa – QNX mobil operatsion tizimiga dasturchilarning qiziqishini uyg‘otish va foydalanuvchilarga taqdim etiladigan foydali ilovalar sonini ko‘paytirishdir.
Umid qilamizki, iOS va Android rivoji natijasida bozordagi hissasini ancha yo‘qotishga ulgurgan RIM kompaniyasi o‘zini o‘nglab olish imkoniyatlarini oshira oladi va bunga erishadi.
 
Ilkhomjon Kenjabayev
 
 
Attachments:                          
Category: News | Views: 706 | Added by: WebMaster | Tags: news | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  October 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz