<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » October » 12 » Ezgu ishlarimizni izchil davom ettirish – doimiy vazifamizdir                                                                                                                 Print Friendly and PDF
10:50 AM
Ezgu ishlarimizni izchil davom ettirish – doimiy vazifamizdir                                     
Ezgu ishlarimizni izchil davom ettirish – doimiy vazifamizdir
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 11 oktabr kuni Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati o‘zining yer osti va yer usti boyliklari, rivojlangan sanoat va kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, boy mehnat resurslari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Viloyatdagi mavjud ana shunday ulkan salohiyat istiqlol yillarida faol ishga solinib, el-yurtimiz manfaatlari yo‘lida xizmat qilmoqda.
Mehnatsevar, mehmondo‘st, dilkash Farg‘ona ahli mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishdek ezgu ishlarga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Istiqlol yillarida yurtimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyatida ham ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi va bu boradagi sa’y-harakatlar izchil davom etmoqda. Shahar va qishloqlar yangicha qiyofa kasb etib, zamonaviy korxonalar, keng va ravon yo‘llar, yangi-yangi ta’lim va tibbiyot muassasalari, sport majmualari va stadionlar, bog‘ va xiyobonlar bunyod etilayotir. 

Viloyatda joriy yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulot o‘sishi 105,8 foizni tashkil etdi, sanoat mahsulotlari va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishning barqaror o‘sishi ta’minlanmoqda.
Davlatimiz rahbari viloyatga safarini Oltiariq tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzoq muddat va sifatli saqlashga ixtisoslashgan korxona faoliyati bilan tanishishdan boshladi.
Saxovatli zaminimiz o‘zining xushta’m mevalari, sarxil sabzavotlari bilan olamga dong taratgan. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan tub islohotlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga chiqarishga keng yo‘l ochilgani fermer xo‘jaliklari daromadini yanada oshirishda katta imkoniyatlar yaratmoqda.
O‘z faoliyatini 2010 yilning avgust oyida boshlagan mazkur korxonada 2 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlaydigan muzlatgichlar o‘rnatilgan. Italiyadan keltirilgan zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan ushbu muzlatgich muayyan barqaror haroratni ta’minlaydi hamda meva va sabzavot mahsulotlarini uzoq muddat sifatini buzmay saqlash imkonini beradi. Bugungi kunda ushbu korxona hududdagi fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni qabul qilib olish va eksport qilishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Davlatimiz rahbari korxona faoliyati bilan tanishish asnosida yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini mamlakatimizning o‘zida qayta ishlashni yanada kengaytirish masalasiga ustuvor vazifalardan biri sifatida qarash lozimligini ta’kidladi. Zero, bunday mahsulotlarni qayta ishlash va xorijga eksport qilish dehqonlarimizning daromadini bir necha barobar oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish, valuta tushumini oshirish imkonini beradi.
Shu bois xorijdan eng zamonaviy texnologiyalarni keltirgan holda meva va sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga, qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi-yangi korxonalarni tashkil etish g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Prezidentimiz Uchko‘prik tumanidagi "Fayz” fermer xo‘jaligi dalalarida ilg‘or fermerlar bilan muloqotda bo‘ldi. Yurtboshimiz fermerlar nainki iqtisodiy, ijtimoiy, balki siyosiy hayotimizning ham tayanchiga aylanib borayotganini alohida ta’kidladi.
 
 
Mamlakatimizda fermerlik harakati berayotgan yuksak samaralar qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘lga kiritilayotgan yangi-yangi marralarda o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Bugungi kunda Farg‘ona viloyatidagi qariyb yetti mingga yaqin fermer xo‘jaligi paxtachilik va g‘allachilikdan tashqari, bog‘dorchilik, chorvachilik, poliz ekinlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Ular qishloqqa sanoatni olib kirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etishda ham muhim o‘rin tutmoqda.
Ayni kunlarda farg‘onalik paxtakorlar yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish choralarini ko‘rmoqdalar. Vohidjon Meliqo‘ziyev rahbarligidagi "Fayz” fermer xo‘jaligida ham joriy mavsumda g‘alla va paxtachilikda yuqori natijalarga erishildi. Xo‘jalik a’zolari 31 gektar yerga ekilgan g‘o‘zaning "Sulton” navidan 135 tonna hosil ko‘tarib, shartnoma topshirig‘ini oshirib bajardilar. Olingan daromadga yarasha xo‘jalikda mehnat qilayotgan ishchilar ish haqini ko‘paytirish, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
 
 
Davlatimiz rahbari fermer faoliyati faqat g‘alla yoki paxta yetishtirish bilan cheklanib qolmasligi kerakligini, ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, shu orqali qishloqqa sanoatni olib kirish va pirovardida aholi farovonligini oshirishda, qishloq hayotini tubdan o‘zgartirishda yetakchi kuchga aylanishi lozimligini ta’kidladi.
Islom Karimov suhbat chog‘ida g‘o‘zaning viloyat tuproq va iqlim sharoitiga mos, tezpishar, sifatli tola beradigan yangi navlarini yaratish va ekish masalasiga alohida to‘xtaldi. Qishloqlarimiz qiyofasini zamonaviy arxitektura talablariga muvofiq tubdan o‘zgartirish, qishloq aholisi uchun namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuzasidan fermerlarning fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.

 
 
Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ezgu ishlar pirovardida odamlarimizning dunyoqarashini o‘zgartirayotgani, ularda yaxshi yashashga intilish kuchayib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Farg‘ona viloyati mamlakatimizning yirik sanoat mintaqasi hisoblanadi. Bugun bu yerda ko‘plab yirik sanoat korxonalari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zining iqtisodiy salohiyati, yuqori sifatli mahsulotlari, malakali kadrlari bilan yuksak nufuzga ega bunday korxonalar nafaqat viloyat, balki mamlaktimiz iqtisodiyotida ham muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun bunday ishlab chiqarish majmualarini ko‘paytirish, ularning samaradorligini va quvvatlarini oshirish masalasi doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda.
 

Misol uchun, viloyatda yengil sanoatni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar bu yerda yetishtirilgan paxtaning katta qismini qayta ishlash imkonini bermoqda.
Prezidentimiz Qo‘qon shahrida barpo etilgan "Indorama Qo‘qon tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston – Singapur qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Umumiy qiymati 43 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston tolasidan xalqaro standartlarga mos, sifatli yigirilgan ip ishlab chiqarilmoqda. Shveysariya va Yaponiyadan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur korxonada bir yilda 9-10 ming tonna paxtani qayta ishlash va 7 ming tonna yuqori sifatli yigirilgan ip tayyorlash imkoniyati mavjud. Korxona mahsulotlariga tashqi bozorda xaridorlar ko‘payib bormoqda. Korxona mahsulotlari Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Braziliya, Argentina, Peru, Venesuela, Dominikan Respublikasi va Bangladesh kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Korxonadagi suhbat chog‘ida xorijlik sarmoyadorlar o‘zbek paxtasi a’lo sifati, mikroneyr ko‘rsatkichlari yuqoriligi, tozaligi bilan butun dunyoda mashhurligi va unga talab katta ekanligini ta’kidladi. Mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiya muhiti natijasida xorijlik ish odamlarining O‘zbekistonga sarmoya kiritib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga qiziqishi tobora ortayotganini qayd etdilar.
 

O‘zbekistondagi inson resurslari, ayniqsa, o‘zbek yoshlarining yuqori salohiyati, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagani, har qanday yuksak texnologiyali ishlab chiqarishni tez va mukammal o‘zlashtirishi xorijliklarda katta hayrat va havas uyg‘otayotgani alohida ta’kidlandi. Ushbu zamonaviy korxonada mehnat qilayotgan 300 nafar kishining aksariyati yoshlar ekani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Islom Karimov bu yerda ishlayotgan yoshlarning mehnat sharoitlari, ularga yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari Qo‘qon shahrida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
 

Yurtboshimiz rahnamoligida olib borilayotgan ulkan yaratuvchanlik ishlari natijasida bu shahar tamomila o‘zgacha qiyofa kasb etayotir. Davlatimiz rahbari 2009 yilda Qo‘qonda bo‘lib, shahar qiyofasini milliy va zamonaviy arxitektura an’analaridan foydalangan holda o‘zgartirish va takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar bergan edi. Prezidentimizning Qo‘qon shahrining arxitektura qiyofasi va infratuzilmasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari, shaharni sanoat jihatidan rivojlantirish hamda uni obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarga oid qarorlari bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar natijasida qisqa vaqt ichida shahardagi ko‘rimsiz binolar o‘rnida zamonaviy inshootlar qad rostladi. Xususan, O‘rda maydonida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
 
Islom Karimov O‘rda maydonida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdi, bu maskan qo‘qonliklar va mehmonlar dam oladigan go‘zal va fayzli go‘shaga aylanganini ta’kidladi. Shaharning o‘ziga xos tarixi haqida tasavvur beruvchi obidalarni asrab-avaylash, uning serqirra madaniyatini namoyish etish uchun turli tarixiy eksponatlardan foydalanish, shahar sharoitiga mos daraxt va gullar ekish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Prezidentimiz yangi qiyofa kasb etgan Istiqlol ko‘chasi, Jome me’moriy majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdi. Qo‘qonliklar bilan muloqotda bo‘ldi.
– Amalga oshirilayotgan bunday ulkan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalarning barchasi yagona maqsadga – yurtimiz, jumladan, Qo‘qon shahri iqtisodiyotini yanada yuksaltirish, xalqimiz hayotini bundan-da farovon etishga qaratilgan, – dedi Islom Karimov. – Farg‘ona ahlining, Qo‘qon ahlining bunday ezgu orzu-intilishlari, kelajakka katta ishonch bilan yashayotgani barchamizni xursand qiladi. Boshlagan ezgu ishlarimizni izchil davom ettirish doimiy vazifamizdir.
Buyuk davlatni faqat sog‘lom millat, sog‘lom avlodgina qura oladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizning barcha hududlarida barpo etilayotgan ta’lim-tarbiya maskanlari, sport saroylari, musiqa maktablari, yoshlar markazlari ana shunday sog‘lom avlodni kamolga yetkazishga xizmat qilmoqda.
 
      

Davlatimiz rahbarining Qo‘qonda yangi bunyod etilgan Bolalar sport majmuasi bilan tanishuvi va yosh avlod vakillari bilan suhbati chog‘ida bu masalalarga yana bir bor e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘iga qurilgan bu muhtasham saroyda sportning 12 turi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Islom Karimov bunday zamonaviy sport majmualari yoshlarimizning har jihatdan sog‘lom voyaga yetishi, ularning intilishlariga qanot bag‘ishlashi, farzandlarimizning hech kimdan kam bo‘lmay kamol topishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlarning yaqqol namoyoni ekanini ta’kidladi.
Prezidentimiz Farg‘ona viloyati faollari bilan uchrashdi. Viloyatni har tomonlama taraqqiy ettirish, Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari infratuzilmasini, transport-kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va bu boradagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
 
O‘zA, Olim To‘raqulov, Ma’sud Sulaymonov
Attachments:                          
Category: News | Views: 1282 | Added by: WebMaster | Tags: news | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  October 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz