<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » October » 23 » Islom Karimov AQSH Davlat kotibini qabul qildi                                                                                                                 Print Friendly and PDF
3:32 PM
Islom Karimov AQSH Davlat kotibini qabul qildi                                     
Islom Karimov AQSH Davlat kotibini qabul qildi
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22 oktabr kuni Oqsaroyda amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Hillari Klintonni qabul qildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va AQSH siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichda rivojlantirishga xizmat qiladigan keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha sheriklik va o‘zaro anglashuv ruhidagi samarali muloqot tajribasiga ega.
Prezident Islom Karimov Hillari Klinton bilan suhbat chog‘ida AQSH Prezidentining mamlakatlarimiz o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirishi lozim, degan fikrini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
AQSH Davlat kotibi, o‘z navbatida, samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirar ekan, AQSH O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Amerika ma’muriyatining yuqori martabali vakili O‘zbekiston mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida konstruktiv siyosat olib borayotganini va hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida ham mamlakatlarimizning mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlangan edi. Hillari Klinton O‘zbekistonning Afg‘oniston muammosini hal etish hamda Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi yo‘lida ko‘rsatayotgan katta yordami uchun Prezident Islom Karimovga AQSHning minnatdorligini izhor etdi.
Tomonlar ikki mamlakat fuqarolik jamiyatlari o‘rtasida muloqotni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Avtomobilsozlik sohasida izchil rivojlanayotgan o‘zaro manfaatli aloqalar O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yaqqol namunalaridan biridir. Xususan, yaqin kunlarda eng zamonaviy ekologik va texnik talablarga javob beradigan va so‘nggi texnologiyalar asosida yiliga 200 ming donadan ortiq avtomobil dvigatellarini ishlab chiqaradigan "GM Powertrain Uzbekistan” qo‘shma korxonasi ishga tushiriladi.
Hozir Amerikaning bir qator yirik korporatsiyalari O‘zbekistonda keng ko‘lamli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kirishmoqda. Loyihalar, jumladan, yuqori texnologiyali innovatsion tarmoqlarni ham qamrab olgan.
Oqsaroydagi suhbat chog‘ida tomonlar, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar xususida ham fikr almashdilar.
 
Ilkhomjon Kenjabayev
 
Attachments:                          
Category: News | Views: 847 | Added by: WebMaster | Tags: news | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  October 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz