<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » October » 21 » Istiqlol nuridan munavvar maskan                                                                                                                 Print Friendly and PDF
8:25 AM
Istiqlol nuridan munavvar maskan                                     
Istiqlol nuridan munavvar maskan
 
Mamlakatimizda buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarni obod etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida Bahouddin Naqshband, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Imom Buxoriy, Xo‘ja Ahrori Valiy, Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Iso Termiziy singari bobokalonlarimizning tavallud sanalari keng nishonlandi, ular nomi bilan bog‘liq maskanlar obod qilindi. Yangi majmualar bunyod etildi.

1998 yilda buyuk muhaddis, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi munosabati bilan ul muborak zotning xoki mangu qo‘nim topgan Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Xartang qishlog‘ida muhtasham majmua qad rostladi.
Bu yerda nihoyatda qisqa muddat – sakkiz oy ichida milliy me’morchilik an’analari asosida salobatli maqbara va ulkan masjid, 74 ustundan iborat ayvon, qo‘shimcha xonalar qurildi. Muzey tubdan rekonstruksiya qilindi. Ziyoratga keluvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Majmua bilan birga ushbu hududda ham keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yangi mahalla markazi, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etildi. Sayyohlarga zamonaviy servis xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Yo‘l kengaytirilib, atrofi obod qilindi.
O‘sha yili oktabr oyida yangi majmuaning ochilish marosimida davlatimiz rahbari ishtirok etdi. Yurtboshimiz buyuk allomaning hayot yo‘li va boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritib, "Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma’nodagi ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda, so‘nmas e’tiqod timsolidir”, deya alohida ta’kidladi.
Bu tabarruk va obod maskan hamisha yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar bilan gavjum. Mamlakatimizga tashrif buyuradigan davlat rahbarlari, nufuzli delegatsiyalar a’zolari va sayyohlar xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining yorqin namunasi bo‘lgan ushbu majmuani hayrat va hayajon bilan ziyorat qiladilar.
– Bu yerdagi milliy me’morchilik an’analari asosida barpo etilgan har bir bino, yog‘och o‘ymakorligining noyob usullaridan foydalanib yaratilgan ustun va ravoqlar, eshik-romlarni o‘z jozibasini yo‘qotmagan holda saqlash, bu yerda majmuaning muqaddas maqomiga monand saranjom-sarishtalikka erishish masalalari doimo diqqat-e’tiborimizda turadi, – deydi Imom Buxoriy majmuasi rahbari Davron Azimov. – Chunki, ziyoratchilar birinchi navbatda bu yerdagi osoyishtalik, poklikka e’tibor qaratadi. Shuning uchun majmua atrofida gulzor va yashil maysazorlar tashkil etilgan. Mahalliy daraxtlar bilan birga, noyob ko‘chatlar ham ekilgan. O‘zimizning maxsus gulxonamizda kerakli miqdordagi gul nihollarini yetishtiramiz va yil davomida ulardan foydalanamiz. Majmua ichkarisidagi olti asrlik chinor daraxtlari, yangi ekilgan kashtan, palma va boshqa ko‘chatlarni parvarishlash borasida ham mutaxassislar bilan bamaslahat ish olib boramiz.
Bino va inshootlarda bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilda maqbara poydevor qismidagi granit toshlar yangilandi. Hovlidagi oniks toshlar almashtirilmoqda.
Majmuadagi muzey ham noyob tarixiy eksponatlarga boy. Ziyoratchilar bu yerda saqlanayotgan Qur’oni karim, hadislar to‘plami, Imom Buxoriyning "Al-jome’ as-sahih” kitobining turli davrlarda ko‘chirilgan noyob nusxalarini katta qiziqish bilan tomosha qiladilar.
– Bu zamin dunyo ilm-fani beshiklaridan biri bo‘lgani, islom dini taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan allomalarni kamolga yetkazgani bilan ham qadrli va muqaddasdir, – deydi pokistonlik Arofat Ahmad. – Xususan, eng ishonchli hadislarni to‘plab, hadis ilmi sultoni nomiga sazovor bo‘lgan Imom Buxoriy hazratlari nomi butun islom olamida alohida hurmat-ehtirom bilan tilga olinadi. Bugun bizga ushbu zot maqbarasini ziyorat qilish baxti nasib etganidan benihoya mamnunmiz. Mustaqillik tufayli Prezident Islom Karimov rahnamoligida qisqa vaqt ichida bu maskanning obod etilgani O‘zbekistonda ajdodlar merosiga bo‘lgan e’tiborning yorqin ifodasidir.
Haqiqatan ham mamlakatimizda diniy va dunyoviy ilmlarni o‘rganish, islom madaniyati tarixini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda bir qator diniy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Prezidentimizning 2008 yil 23 maydagi qarori asosida bu yerda Imom Buxoriy xalqaro markazi tashkil etildi.
Ushbu markaz oldiga qo‘yilgan vazifalar doirasida islom dini, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk hadisshunos allomalar merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, shuningdek, respublikamizdagi jome’ masjidlar imom-xatiblarini ikki oylik malaka oshirish kurslarida o‘qitish ishlarini olib bormoqda.
– O‘tgan davr mobaynida ilmiy xodimlarimiz tomonidan ko‘plab hadisshunos ajdodlarimiz merosi o‘rganilib, yangi ma’lumotlar to‘plandi, – deydi markaz rahbari Ubaydulla Uvatov. – Natijada ellikka yaqin allomalarning hayoti, ilmiy-ma’naviy merosi haqida ma’lumot beruvchi "O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” kitobi nashr qilindi. Shuningdek, "Mutafakkirlarimiz” turkumida barcha yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan, o‘ndan ziyod buyuk vatandoshlarimiz to‘g‘risida hikoya qiluvchi risolalar to‘plami chop etildi. Bu boradagi ilmiy izlanishlar davom etmoqda.
Markaz faoliyatining ikkinchi yo‘nalishi bo‘yicha shu paytgacha yurtimizning barcha hududlaridagi jome’ masjidlarning ming nafarga yaqin imom-xatiblari malaka oshirish kurslarida tahsil oldi.
Muxtasar aytganda, istiqlol sharofati bilan yanada fayzli va nurafshon maskanga aylangan Imom Buxoriy majmuasi yosh avlodni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ular qalbidagi ajdodlarimiz bilan faxrlanish hissini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
 
O‘zA, G‘olib Hasanov
 
Attachments:                          
Category: Maqolalar | Views: 853 | Added by: WebMaster | Tags: maqolalar | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  October 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz