<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » October » 20 » Jahon kino forumi – Toshkentda                                                                                                                 Print Friendly and PDF
11:05 AM
Jahon kino forumi – Toshkentda                                     
Jahon kino forumi – Toshkentda
 
19 oktabr kuni "Oltin gepard” birinchi Toshkent xalqaro kinoforumi ochildi.
Dunyoning turli mintaqalaridan san’atning eng maftunkor turlaridan biri bo‘lgan kinematografiya vakillari shu kunlarda "Art Week Style. Uz” san’at haftaligi doirasida poytaxtimizda o‘tkazilayotgan "Oltin gepard” birinchi Toshkent xalqaro kinoforumiga tashrif buyurdi.
 
Tadbir «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi hamda «O‘zbekkino» Milliy agentligi hamkorligida tashkil etildi. Yoshlar ijod saroyida «XXI asr tamaddunlari: madaniyatlar muloqoti» shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur kinofrumning tantanali ochilish marosimi bo‘ldi.
Anjumanga Yevropa, Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerikaning o‘nlab davlatlaridan kinematografiya sohasi mutaxassislari, san’at arboblari, kino san’ati ixlosmandlari kelgan.
…Musiqa sadolari yangrab, chiroqlar sekin-asta o‘chadi. Ekran yorishadi. Atoqli o‘zbek kino san’ati ustalari tomonidan turli yillarda suratga olingan mashhur badiiy filmlardagi yorqin lavhalar o‘rnini hujjatli filmlardan parchalar egallaydi.
                          
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi milliy kinosanoatimiz oldida yangi, yanada keng imkoniyatlar ochdi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan barcha jabhalarda hayotga tatbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyoti, ijtimoiy, madaniy hayoti jadal rivojlanmoqda. Xalq ijodiyoti va hunarmandchiligining barcha turlari qayta tiklanib, yangi, yanada teran ma’no-mazmun bilan boyimoqda, serqirra zamonaviy san’at jadal rivojlanmoqda. Xorijda mamlakatimiz, uning boy tarixi va bugungi yutuqlariga qiziqish haqli ravishda ortib borayotir. Albatta, bunda kino san’atining ham o‘ziga xos o‘rni bor. Adabiyot, teatr, tasviriy san’at va musiqani o‘zida mujassam etgan mamlakatimiz kinematografiyasi keng jahon jamoatchiligiga xalqimiz ma’naviyati ildizlarining mohiyatini, uning istiqlol yillarida yangi hayot qurish yo‘lida qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlarini har tomonlama ochib berishga xizmat qilmoqda. 
                                 
O‘zbekistonning zamonaviy kino san’ati an’analarga boy. Bu an’analar zamirida mamlakatimiz va jahon kinematografiyasining ilg‘or uslublari, xalqimizga xos yuksak ma’naviyat mujassam. Kino insonda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik hissi, ezgulik, rahm-shafqat, bag‘rikenglik, g‘amxo‘rlik kabi eng yaxshi insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Mamlakatimiz kino san’ati nafaqat O‘zbekiston, balki chet elda ham keng ommalashayotgani yurtimiz kino arboblari ushbu xayrli vazifani muvaffaqiyat bilan bajarayotganidan dalolatdir. Istiqlol yillarida turli janrlarda suratga olingan ko‘plab o‘zbek filmlari jahondagi eng nufuzli kinotanlovlarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan. 

"Oltin gepard” birinchi Toshkent xalqaro kinoforumining oltita asosiy mukofoti – «Oltin gepard»lar sahnaga olib chiqiladi va maxsus ustunlarga o‘rnatiladi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, ular olti nominatsiya – eng yaxshi to‘la va qisqa metrajli hamda animatsion filmlar, eng yaxshi rejissorlik ishi, shuningdek, eng yaxshi erkak va ayol roli ijrochilariga topshiriladi.
– "Oltin gepard” birinchi Toshkent xalqaro kinoforumi madaniy hayotimizda muhim voqeadir,
– deydi kinoforum bosh direktori, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Akbar Hakimov.
 – Bu mamlakatimiz yangi tarixida alohida o‘rin tutadigan yuksak darajadagi ilk xalqaro kino anjumani bo‘lib, faoliyati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari bilan mushtarak «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasining muhim loyihalaridan biridir. Kinoforumning maqsadi nafaqat keng jamoatchilikning milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida turli xalqlar madaniyatini rivojlantirish vositasi hisoblangan kinematografiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, uni bugun jahonda mazkur sohadagi badiiy jarayonlar bilan tanishtirish, balki mustaqil O‘zbekiston kino san’atining ulkan salohiyatini yanada rivojlantirishdan iboratdir.
Kinoforum tanlov dasturi uch yo‘nalish – to‘la va qisqa metrajli hamda animatsion filmlarni o‘z ichiga olgan. Yevropa, Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerikaning ellikka yaqin davlati kinoijodkorlari tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan.
Tanlovga taqdim etilgan 139 to‘la metrajli filmning o‘n ikkitasi, 74 qisqa metrajli hamda 87 animatsion filmdan o‘n beshtadan tanlab olindi. Dunyoning turli mamlakatlari mohir kinorejissorlari, prodyusserlari, tanqidchilari va aktyorlaridan iborat hakamlar hay’ati ularning orasidan kinoforumning «Inson taqdiri – tuyg‘ular falsafasi» shioriga mos eng iste’dodli, yorqin va o‘ziga xos filmlarni tanlab olishi kerak. Ular orasida o‘zbekistonlik kino san’ati ustalari tomonidan yaratilgan yangi filmlar ham ko‘p. Ma’naviy qadriyatlarimiz, insonning xilma-xil va boy ichki dunyosi aks ettirilgan metrajli «Postskriptum» va «Qo‘rg‘oshin», qisqa metrajli «Anor» va «Taqdir eshigi», «Oq tovuq» animatsion filmlari shular jumlasidandir.
– Birinchi Toshkent xalqaro kinoforumi jahon kinematografiyasida muhim voqeadir, – deydi to‘la metrajli kino tanlovi hakamlar hay’ati raisi, shveysariyalik prodyusser Moris de Xadeln. – Biz bu ajoyib g‘oyani amalga oshirish uchun tadbir tashkilotchilari tomonidan qilingan sa’y-harakatlarni chin dildan qo‘llab-quvvatlaymiz.

– Toshkentda o‘tkazilayotgan bunday ulkan kinoforumda ishtirok etayotganimdan g‘oyat baxtiyorman, – deydi animatsion filmlar tanlovi hay’atining raisi, rossiyalik rejissor Andrey Xrjanovskiy. – Mazkur anjuman jahon kino san’ati tarixida yangi va ulkan sahifa ochdi. Men anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tilayman.
– Mening O‘zbekistonda do‘stlarim ko‘p, – deydi qisqa metrajli filmlar tanlovi hay’atining raisi, germaniyalik kinotanqidchi Gans Ioaxim Shlegel. – Men O‘zbekistonga bir necha yil avval kelgan edim. O‘tgan vaqt mobaynida yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib, hayratga tushdim. Toshkent – dunyoning yirik kino markazlaridan biridir. Ishonchim komilki, o‘zbek kino san’ati va umuman madaniyati kelajakda yanada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishga qodir. 

"Oltin gepard” birinchi Toshkent xalqaro kinoforumi ochiq, deb e’lon qilinadi. Kinoforum xitoylik taniqli rejissor Chjan Imouning yangi «Do‘lana soyasida» filmi namoyishi bilan boshlandi.
Forum davomida mutaxassis va tomoshabinlar turli mamlakat va qit’alarning yetakchi kino ustalari, iqtidorli yosh rejissorlarining asarlari bilan tanishadilar. Filmlarning aksariyati tanlovdan tashqari dasturlardan o‘rin olgan. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi, O‘zbekiston davlat san’at instituti va «Premier-Hall» kinoteatrida Germaniya hamda Fransiyaning zamonaviy animatsion filmlari, «Tasvirda muhrlangan vaqt» hujjatli filmlar dasturi,
                   
«Non stop» eng yaxshi qisqa metrajli filmlar dasturi namoyish etiladi. Tashkil etilgan har kungi kinopanoramadan «O‘zbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan zamonaviy filmlar joy olgan. Forum kunlari, shuningdek, mamlakatimizning nodavlat studiyalarida suratga olingan filmlarning «Tomoshabinlar bilan tengma-teng» mini-festivali o‘tkaziladi. Taniqli xorijiy va mamlakatimiz kino san’ati ustalari ishtirokida uchrashuvlar, mahorat saboqlari o‘tkaziladi. Muxtasar aytganda, kinoforumda zamonaviy jahon kinematografiyasining ko‘plab yangiliklari namoyish etiladi. 
Yuksak saviyada tashkil etilgan "Oltin gepard” birinchi Toshkent xalqaro kinoforumining o‘tkazilishi Prezidentimiz Islom Karimovning barcha jabhalar, shu jumladan, madaniyat sohasida tub demokratik islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan siyosati nechog‘li chuqur hamda puxta o‘ylangani va o‘z samaralarini berayotganining yorqin dalilidir. Bularning barchasi mamlakatimizni inson manfaatlari ustuvorligi asosida bosqichma-bosqich va izchil rivojlantirishga, iste’dod sohiblari, birinchi navbatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga, Vatanimiz ravnaqi, jahon maydonida O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini yanada oshirish yo‘lida ularning ijodiy hamda ma’naviy salohiyatini yuksaltirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgandir.
 
Anna Ivanova
 
Attachments:                          
Category: Cinema News | Views: 2121 | Added by: WebMaster | Tags: cinema news | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  October 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz