<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » November » 18 » Milliy hunarmandlik buyumlari namoyishi                                                                                                                 Print Friendly and PDF
5:38 AM
Milliy hunarmandlik buyumlari namoyishi                                     
Milliy hunarmandlik buyumlari namoyishi
 

Toshkentda "Bazar-Art. Kuz – 2011” IX O‘zbekiston an’anaviy va bezakli-amaliy san’at ko‘rgazma-yarmarkasi boshlandi.
"O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi va bir qator ijodiy, jamoat tashkilotlari tomonidan Milliy san’at markazida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazma-yarmarkada mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan usta va hunarmandlar yaratgan mahsulotlar keng namoyish etilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashning muhim vositasi sifatida milliy hunarmandlik san’atining asriy an’ana va maktablarini izchil rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan qator loyihalar bunda muhim ahamiyat kasb etayotir.
"Art Week.Style.Uz” can’at haftaligi, "Asrlar sadosi”, "Yangi avlod”, "Kelajak ovozi” singari festival va ko‘rik-tanlovlar qatorida 2007 yildan buyon o‘tkazilayotgan "Bazar-Art” ko‘rgazma-yarmarkasi ishtirokchilari soni ham tobora oshmoqda. Uning milliy hunarmandlik bo‘yicha izlanayotgan iqtidorli yoshlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ular ijodini xalqimiz va xorijliklarga tanishtirishdagi o‘rni va ahamiyati yildan-yil ortib bormoqda.
Obidjon Nazrullayev – g‘ijduvonlik kulollar sulolasidan. U Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlab, tengqurlariga o‘z hunari sirlarini o‘rgatmoqda. Mazkur ko‘rgazmada yosh kulolning ellikdan ortiq mahsuloti namoyish etilmoqda.
– G‘ijduvon kulolchilik maktabi ko‘proq to‘q ranglarning qo‘llanilishi, bo‘rtma bezaklari bilan ajralib turadi, – deydi Obidjon. – Mazkur ko‘rgazma-yarmarka o‘z ijodimizni namoyon etish, boshqa ustalar ishi bilan yaqindan tanishish, hamyurtlarimizning fikr-mulohazalari, talab va takliflarini atroflicha o‘rganishda katta imkoniyatdir.
Uch kun davom etadigan ko‘rgazma-yarmarkada milliy hunarmandlikning turli yo‘nalishlariga oid namunalar namoyishi bilan birga, taniqli ustalar ishtirokida mahorat saboqlari ham o‘tkaziladi.
 
O‘zA, Nazokat Usmonova, Asqar Yoqubov olgan surat
 
Attachments:                          
Category: Arts | Views: 898 | Added by: WebMaster | Tags: news | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  November 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz