<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » November » 2 » “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”                                                                                                                 Print Friendly and PDF
6:51 AM
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”                                     
"O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligini nishonlash hamda davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishda salmoqli hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishoni ta’sis etilsin.
2. "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishonining Nizomi va tavsifi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (SH.Mirziyoyev) 2011 yilning 20 dekabrigacha "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishonlari belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi M.Atayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2011 yil 31 oktabr.
 * * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 oktabrdagi farmoniga 1-ilova
"O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishoni to‘g‘risidagi Nizom
* * *
1. "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishoni bilan davlatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarini barpo etishda salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon qilgan harbiy xizmatchilar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok bo‘lgan yoxud yarador bo‘lgan va shikastlangan harbiy xizmatchilari taqdirlanadilar.
2. "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni nomidan qo‘shilma komandiri va undan yuqori lavozimli shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi.
3. "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishoni mukofotlanganlarga harbiylashgan tuzilmalar vazirlik va idoralari rahbarlarining buyrug‘iga asosan topshiriladi.
4. "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishoni ko‘krakning chap tomoniga davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 oktabrdagi farmoniga 2-ilova
"O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishoni tavsifi
 
      
 
"O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi, u diametri 34 millimetrli doira shakliga ega.
Esdalik nishonining old tomonida taralayotgan quyosh nurlari fonida «Vatanga qasamyod» monumenti – jangovar bayroq oldida tiz cho‘kib, Vatanga sodiqlik haqida qasamyod qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchisining siymosi tasvirlangan bo‘lib, uning ortida, o‘ng tomonda, yuqoriroqda o‘g‘liga o‘z muqaddas burchini ado etishiga oq fotiha berayotgan ona timsoli aks ettirilgan.
Esdalik nishonining aylanasi bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining yubiley sanasini anglatuvchi "O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” so‘zlari yozilgan.
Esdalik nishonining yuzasida tasvirlangan monumentning o‘ng va chap tomonida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan yil va yubiley yili 1992-2012 raqamlari aks ettirilgan.
Esdalik nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.
Esdalik nishoni halqacha va ilgakcha yordamida ustki qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining rangli polosalari tushirilgan eni 24 millimetr ipak lenta o‘ralgan besh burchak shaklidagi qadag‘ich (kolodka) bilan tutashtiriladi. Ko‘k, oq va yashil polosalarning eni 7 millimetrdan, qizil polosalarning eni 1,5 millimetr. Kolodkaning balandligi 48, eni 45 millimetr. To‘g‘nag‘ichga mustahkamlangan.
 
RaKhshona
 
Attachments:                          
Category: News | Views: 1497 | Added by: WebMaster | Tags: news | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  November 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz