<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » October » 29 » “Qo‘rg‘oshin”ni qayerda ko‘rish mumkin?                                                                                                                 Print Friendly and PDF
7:37 AM
“Qo‘rg‘oshin”ni qayerda ko‘rish mumkin?                                     
"Qo‘rg‘oshin”ni qayerda ko‘rish mumkin?
 
"Oltin Gepard” 1-Toshkent xalqaro kinoforumining "Eng yaxshi filmi” deya tan olingan Zulfiqor Musoqov "Qo‘rg‘oshin” filmini qayerda ko‘rish mumkin?

"Qo‘rg‘oshin” filmi kinoteatrlarda namoyish etilayotgani yo‘q; baxtga qarshi, Toshkentda mualliflik filmlarini namoyish etadigan kinoteatrlar yo‘q bo‘lib ketgan. Biroq "Qo‘rg‘oshin” topilmas filmlar qatoriga kirmaydi. "Cinema Market” do‘konlarida filmni bemalol sotib olish mumkin.
Toshkent shahrida "Cinema Market” kompaniyasining ikkita savdo shahobchasi bor. Biri Abdulla Qodiriy ko‘chasi – G‘afur G‘ulom metrosidan chiqaverishdagi "Edem” supermarketi yonida joylashgan bo‘lsa, ikkinchisi O‘rdada joylashgan. Har ikkala savdo shahobchasi ertalab soat 10:00da ochilib, 23:00gacha savdo qiladi. Sifatiga kafolat bo‘lgan DVD-disklarning narxi – 12 ming so‘m. Disk g‘ilofida ko‘rsatilgan ma’lumotga ko‘ra, buyurtma bergan diskingizni Toshkent shahri bo‘yicha bepul yetkazib berishar ekan.

Ko‘rsatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, diskda filmning o‘zbek va rus tillaridagi talqinlari, inglizcha subtitrlari bilan birga bor. 90 daqiqa davom etadigan film, aslida rangli deb yozilgan bo‘lsa-da, tarixiy holatni berish uchun 1953-yilning noyabridan mart oyiga qadar davom etadigan asosiy voqealari oq-qora tasvirlarda berilgan.
Disklar bilan savdo qiluvchi Toshkentdagi eng katta tarmoqlardan biri – "Nirvana”da, ma’lum qilishlaricha, "Qo‘rg‘oshin” filmi yo‘q. Shuningdek, xususiy tarqatuvchilarda ham ushbu g‘olib filmni topish imkoni bo‘lmadi. Xususan, Qatortol savdo markazida kino-disklar bilan savdo qiluvchi birorta shahobchada Musoqovning filmi yo‘q. Ammo sifatiga qarab 4 ming so‘mdan 16 ming so‘mgacha baholangan disklar orasida "Ilova” va "O‘tov” festival-ko‘rgan filmlarni topish mumkin.
Shunday qilib, "Qo‘rg‘oshin”ni faqat uyda ko‘rish mumkin hozir.
Ilkhomjon Kenjabayev
 
 
Attachments:                          
Category: Cinema News | Views: 687 | Added by: WebMaster | Tags: cinema news | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  October 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz