<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » October » 29 » Raqs va sport bayrami                                                                                                                 Print Friendly and PDF
5:07 AM
Raqs va sport bayrami                                     
Raqs va sport bayrami
 
"Art Week Style.Uz – 2011” san’at haftaligi doirasida poytaxtimizda zamonaviy xoreografiya va sport plastikasi bo‘yicha xalqaro tanlov bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur ijodiy bellashuvning viloyat va shahar bosqichlarida g‘olib chiqqan ishtirokchilar bilan birga, Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan yoshlar qatnashdi.
Yoshlarni har jihatdan barkamol shaxs etib voyaga yetkazish, bolalar sportini rivojlantirish, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi g‘oyalarini mustahkam qaror toptirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar yuksak samaralar bermoqda. Bu borada "O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan ko‘plab loyihalar va grant dasturlari amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy xoreografiya va sport plastikasi bo‘yicha xalqaro tanlovdan ko‘zlangan maqsad mazkur yo‘nalishda izlanayotgan yoshlar qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularning ijodi bilan tengdoshlari va xalqimizni tanishtirishdan iborat. Mazkur loyiha bolalar raqs jamoalarining iste’dodi va faoliyatini katta sahnalarda, sport majmualarida namoyish etish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Ishtirokchilar sport xoreografiyasi, xalq raqslari, sport akrobatikasi va badiiy gimnastika, zamonaviy uslubdagi raqs va boshqa bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi. Yosh raqqos va raqqosalar taqdim etgan dasturlarni baholashda ijro mahorati, artistizm, raqs, libos va musiqaning o‘zaro uyg‘unligiga asosiy e’tibor qaratildi.
– Zamonaviy xoreografiya va sport plastikasiga oid ushbu tanlov "Art Week Style.Uz – 2011”ning yorqin va qiziqarli tadbirlaridan biri bo‘ldi, – deydi kanadalik xoreograf Sashar Zarif. – Ishtirokchilarning ko‘tarinki kayfiyati, har bir raqsni maromiga yetkazib ijro etishi tahsinga loyiq. Bu tanlov bolalarga katta zavq, kelgusidagi izlanishi uchun kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Tadbirda turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindor bo‘lgan bolalar raqs jamoalari, yosh iste’dod sohiblariga diplomlar topshirildi.
Quvnoq raqs, musiqa va sport bayrami tarzida o‘tkazilgan zamonaviy xoreografiya va sport plastikasi xalqaro tanlovida bolalar raqs jamoalarining rang-barang dasturlari namoyish etildi.
 
RaKhshona
 
Attachments:                          
Category: Events | Views: 651 | Added by: WebMaster | Tags: events | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  October 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz