<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » October » 17 » Sifatli pleyer va soatlar tayyorlanmoqda                                                                                                                 Print Friendly and PDF
7:10 AM
Sifatli pleyer va soatlar tayyorlanmoqda                                     
Sifatli pleyer va soatlar tayyorlanmoqda
 
2007 yilda Andijon shahrida o‘z faoliyatini boshlagan "Idas Elektroniks Sistem” O‘zbekiston – Singapur qo‘shma korxonasida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan Matiz, Damas, Spark, Nexia hamda Lasetti avtomobillari uchun CD/MP3 pleyerlari hamda raqamli soatlar tayyorlanmoqda.
Joriy yilning 9 oyi davomida korxonada qariyb 121,5 ming dona magnitofon, 76 ming dona soat ishlab chiqarilib, bu borada belgilangan reja 109 foizga bajarildi.
 
Ishlab chiqarish hajmi, mahsulot sifati hamda ish unumdorligining yildan-yilga ortishida yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, mehnatni tashkil etishda xorijiy hamkorlarning ilg‘or ish uslublarini qo‘llash, ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, ishchi-xizmatchilarni munosib rag‘batlantirish muhim omil bo‘lmoqda.
Bugungi kunda korxonada ishlovchilar soni 115 nafarni tashkil etadi. Ularning deyarli barchasi yoshlardir. Chuqur bilim va mahoratni talab etadigan magnitofon va soatlarning asosan kollejlarda tahsil olgan yosh mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarilayotgani e’tiborga molik. Yoshlarimiz o‘z bilim va iqtidori bilan yuksak salohiyat egalari ekanliklarini amalda namoyon etmoqdalar.
                     
– Korxonada to‘rt yildan buyon ishlayman, – deydi tekshiruv liniyasi nazoratchisi Usmonali Qodirov. – Andijon aloqa kollejida zamonaviy texnologiyalarni puxta o‘zlashtirganim ish faoliyatimda qo‘l kelmoqda.
Tayyorlanayotgan mahsulotlar sifati jahon standartlari, xalqaro andoza va talablarga to‘la javob beradi. 2010 yilda "O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda korxona mahsulotlari "Yilning eng yaxshi mahsuloti” deb e’tirof etilgani ham buning yorqin dalilidir.
                     
– Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish borasida izchil ish olib borilmoqda, – deydi korxona bosh direktori Avazbek Yusupov. – Korxonamizda 251 million so‘mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, yangi shtamplash sexi ishga tushirildi. Shuningdek, 342 million so‘mlik xomashyo va zarur jihozlar xarid qilindi. Natijada CD/MP3 pleyerlarining metall qismlarini o‘zimizda tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
                      
Hozir korxonada mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlar ko‘lamini kengaytirish choralari ko‘rilayotir.
 
O‘zA, F.Ubaydullayev, Xursandbek Arabboyev
 
Attachments:                          
Category: News | Views: 737 | Added by: WebMaster | Tags: news | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  October 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz