<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » October » 23 » Teatr san’ati rivoji va istiqbollari                                                                                                                 Print Friendly and PDF
3:44 PM
Teatr san’ati rivoji va istiqbollari                                     
Teatr san’ati rivoji va istiqbollari
 
"Theatre.Uz/2011” xalqaro Toshkent teatr san’ati festivali doirasida 22-23 oktabr
kunlari O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "Markaziy Osiyo teatrlarining jahon
teatr jarayonidagi o‘rni va ahamiyati. Teatr san’atidagi erkin taraqqiyotning 20 yillik sarhisobi” mavzuida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
 
Unda mazkur festivalda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik va xorijlik teatr arboblari, rejissor va dramaturglar, teatrshunos olimlar, san’at yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri T.Qo‘ziyev, "O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi direktori O.Rizayev, O‘zbekiston Yoshlar teatri rahbari N.Abdurahmonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida san’atning barcha yo‘nalishlari kabi milliy teatr san’atini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Bugun milliy teatrimiz yurtimizda qadimdan shakllangan maktab va an’analar hamda zamonaviy talablar asosda izchil rivojlanmoqda.
Asrlar osha yashab kelayotgan tomosha san’ati an’analarini o‘rganish, boyitish va targ‘ib etish, teatr maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotir. Ayni paytda milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy yuksak sahna asarlarini yaratish, bu yo‘nalishdagi maxsus ta’lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘laroq qondirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi qirqdan ziyod teatr, ko‘plab teatr studiyalarida har yili ko‘plab yangi spektakllar tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Yurtimizning barcha teatrlarida bugungi hayotimizni, zamonamiz qahramonlarining qiyofasini ochib beruvchi, badiiy yuksak asarlarini yaratish ustida faol ish olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, "O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan turli ijodiy festivallar, ko‘rik-tanlovlar, ijodiy loyihalar iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni har jihatdan rag‘batlantirish, dramaturglar, rejissorlar, san’atshunoslar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, tomoshabinlarga yangi sahna asarlarini taqdim etishga xizmat qilmoqda.
Sohaga ko‘rsatilayotgan ulkan g‘amxo‘rlik va e’tibor samarasi o‘laroq, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri, O‘zbek Milliy akademik drama teatri, O‘zbekiston Yoshlar teatri va bir qator respublika, viloyatlar ijodiy jamoalari, teatr-studiyalarning milliy ruh bilan yo‘g‘rilgan sahna asarlari jahonning ko‘plab davlatlarida o‘tkazilayotgan xalqaro festivallar, ko‘rik-tanlovlar, san’at anjumanlarida muvaffaqiyat qozonmoqda.
– Toshkent xalqaro teatr festivali yuksak saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidlamoqchiman,– deydi Drezden yosh tomoshabinlar teatrining badiiy rahbari Felitsitas xonim Lyove (Germaniya). – Yurtingizdagi teatr jamoalari ayniqsa, bolalar va yoshlar uchun taqdim etilayotgan spektakllardagi obrazlar inson ma’naviyatini, badiiy didini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga yo‘naltirilgan. Festival davomida davlatingiz tomonidan teatrni ravnaq toptirish, ijodiy jamoalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, yangi san’at va madaniyat koshonalari bunyod etish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘ldim.
Forumda tomoshabinlarni, ayniqsa yoshlarni eng yaxshi milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ular ongi va qalbini "ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan, didsizlikdan himoyalashga qaratilgan puxta asarlar yaratish, soha uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
Anjuman davomida "Theatre.Uz/2011” xalqaro teatr festivalida ishtirok etayotgan yurtimiz va xorijlik jamoalar hamda ular namoyish etayotgan yangi spektakllarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
 
O‘zA, Nazokat Usmonova, Muhammad Amin olgan surat
Attachments:                          
Category: Events | Views: 1035 | Added by: WebMaster | Tags: events | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  October 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz