<??>
 
Site menu

Categories
News [158]
Arts [15]
Sport [38]
Mavzu [15]
Din [10]
Tarix [25]
Bolajon [5]
Bu qiziq [13]
Adabiyot [17]
Maqolalar [24]
Muloxoza [19]
Astrology [1]
Ilm va Fan [17]
Choyxona [0]
G'aroyobot [2]
Shifomaniya [6]
Cinema News [21]
Show business [31]
Moda Olami [5]
Advertisement [5]
Interview [20]
Events [18]
Buy Magazine [3]

Rating

Uzbek TV

Adds

Donate

Weather
Все о погоде - Pogoda.uz

Uzbegim & Facebook

Poll
Uzbegim USA kerakmi?
Total of answers: 211

IP Address
IP

Main » 2011 » October » 29 » Televideniyeda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan film                                                                                                                 Print Friendly and PDF
9:42 AM
Televideniyeda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan film                                     
Televideniyeda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan film
 
Musoqovning filmlarida biroz bo‘lsa-da mistika bo‘ladi, har holda ko‘z shunga o‘rgangan. Masalan, IMDb’da yozilgan taqrizlardan birida aytilganidek, "videomagnitofonning kilogrammi 5 dollardan sotilishini yana qayerda ko‘rish mumkin?”.
 
Albatta, odamlarning ketmoni uchadigan Musoqovning "Abdullajon”ida. Insoniyatni minglab talofatlardan saqlab qolib, Marsga qadam qo‘ygan birinchi o‘zbek fazogirini-chi? Albatta, Musoqovning "Yaratganga shukr”ida. Uyda farishta bor-yo‘qligini biladigan tabibga ega "Teshavoy Korporeyshn” bilan tanish-bilish qilib bulut topadigan boylarni-chi? Ha, ha: faqat Musoqovning "Kichkina tabib”ida. Ammo Musoqovning eng ko‘p muhokama qilingan ikki ishi – "Vatan” bilan "Qo‘rg‘oshin”da UNESCO bilan hamkorlikda ishlangan "Ayol zoti” serialidagi kabi real voqealar bilan birga mamlakat o‘tmishi, o‘sha o‘tmishda yashagan odamlar taqdiri bilan tanishish imkoniga ega bo‘lamiz.
"Oltin Gepard” Toshkent xalqaro kinoforumining "Eng yaxshi filmi” deya tan olingan Musoqovning so‘nggi kartinasi – "Qo‘rg‘oshin” – II Jahon urushidan keyingi yillardagi mamlakatimizning – balki "katta bir mamlakatning” desak to‘g‘ri bo‘lar? – tinch, lekin qo‘rquvga asoslangan hayoti haqida. Film avvalida, ko‘pincha uchratib qoladiganimiz: "Barcha qahramonlar va voqealar to‘qib chiqarilgan, o‘xshashliklar esa tasodif”, deganga o‘xshash ogohlantirish berilgan bo‘lsa-da, turgan gapki, film voqealari, undagi shaxslar 1952-53-yillarda, Stalin o‘limi arafasida, O‘zbekistonni boshqarish ishida qatnashgan odamlar hayotidan olinganini taxmin qiladi kishi.
Umar Qodirov (Bobur Yo‘ldoshev) urushdan keyingi yillarda zavodda, partiya faoli sifatida ish olib boradi, o‘z baxtini qidirib yurganlardan. Bir kutubxonachi ayol (Nigora Karimboyeva) bilan ham tanishgan, u ayolning eri urushda bedarak yo‘qolganlardan, 1942-yildan beri na xat-xabar, na o‘lik-tirikligi haqida gap bor. Baxtga qarshi, Umar: "Men sizga uylanaman!”, deya masalani ko‘ndalang qo‘ygan kuni ayolning qo‘shnisi yugurib kelib qoladi: "Sizni qachondan beri qidirib yuribman! Ular qaytib keldilar!”. Kutubxonachi ayol eri, 10 yildan keyin bo‘lsa-da, urushdan, eson-omon qaytib kelganidan xursand, ammo shunda ham dod soladi: "Nahotki shu 10 yil davomida birorta xat yozolmagan bo‘lsangiz? Meni o‘ylamadingizmi?”. Er (Faxriddin Shamsimatov): "Germaniya konslagerlarida pochta qutisi bor deb o‘ylaysanmi? Yoki Sibir lagerlarida qo‘limga qog‘oz-qalam berib qo‘yishgan deb o‘ylayapsanmi? Senga xat kerakmi? O‘qi”. U shunday deb, badaniga yozilgan xatni ochib ko‘rsatadi.
Bu – birinchi xabar. Urush tugagan, ammo minglab odamlar hali ham konslagerlarda. Hayot tinch, ammo hali ham urushdan battar qo‘rqinchli.
Umar Qodirovni kechasi KGBga olib ketishadi. Qodirov u yerda frontdosh do‘sti – urushdan keyin O‘zbekiston militsiyasi boshlig‘iga aylangan, polkovnik Rim Marlen (Temur Musoqov)ni ko‘radi. "Respublikada birinchi raqamli odam bo‘lmasa-da”, o‘z kursisidan muntazam xavotirda bo‘lgan, hatto, qaysidir joyda tanish-bilishchilik qilgani ham sezilib qolgan kotibning oldida quroldosh qadrdonlar bemalol ko‘risha olishmaydi. Chunki soat 23:00da Stalin qo‘ng‘iroq qilishi kerak. Stalin qo‘ng‘iroq qiladi, Umar Qodirovni so‘raydi va Moskvaga taklif qiladi. Besh daqiqa avval Umar Qodirovga biroz qo‘polroq muomula qilgan zobit Stalinning mehmoniga hurmatsizlik qilgani uchun Nukusga jo‘natiladi, xullas, 1 daqiqada Umar Qodirov hurmatli odamga aylanadi-qoladi. Qodirov Moskvaga boradi, Stalin bilan ko‘rishadi va Toshkentga Marlenni nazorat qiluvchi sifatida qaytadi. O‘z navbatida, Marlen Qodirovni nazorat qiladi, kuzatadi. "Po‘lat” (Stalin)ning oldidan chiqqan odamga "Qo‘rg‘oshin” deya shartli nom qo‘yiladi.
Musoqovning muvaffaqiyati – u o‘zining har bir filmida xuddi rahmatli qiziqchi Hojiboy Tojiboyev kabi kerakli vaqtda eng og‘ir vaziyatlarda ham oddiy, hayotiy kulguli, yumoristik, kishi kayfiyatini ko‘taradigan (aslida yig‘lash kerak bo‘lgan) sahnalarni topa oladi. Moskvaga ketarkan, Qodirovning soddagina onasi: "O‘rtoq Stalinning oldiga kirganingda ko‘p gapirmagin. Bizni zavodda bir plakat bor: "Не болтай!» deb yozilgan. O‘rtoq Stalin ko‘p gapiradiganlarni yoqtirmasa kerak-da”. Qodirov Stalinning oldiga kirishidan avval unga uqtirishadi: "O‘rtoq Qodirov, ko‘p gapirib, ezmalik qilmang, o‘rtoq Stalin ezmalarni yoqtirmaydilar”. Qodirov mutlaqo jiddiy va xotirjam qiyofada bunday deb tek qotib turgan askarning ham e’tiborini o‘ziga tortadi: "Buni bilaman. Oyim aytgandilar”.
Qodirov endi KGB xodimi. Qodirovdan hamma qo‘rqadi. Qodirovdan hamma nafratlanadi. Qodirovning oldida hech kim bemalol tura olmaydi. Chunki Qodirov KGB xodimi. Qodirov odam o‘ldirgan odamni qonun bo‘yicha jazolashi kerak, ammo qotilning qurboni urush vaqtida nemislar tarafga o‘tib, politsayda ishlab, xuddi o‘sha qotilning butun oilasini qirib yuborgan odam. Qodirov ham, Marlen ham uni jazolashi kerak, ammo qanday qilib?
Qodirov va Marlen bir qator o‘zbek ziyolilari tomonidan gazetalardagi maqola-chiqishlar orqali salkam "xalq dushmani”ga chiqarilgan yozuvchi Zoir Rahmonni (Karim Mirhodiyev) olib ketishi kerak, ammo Zoir Rahmonning otasi (Xayrulla Sa’diyev) hech narsadan qo‘rqmaydi: "Men urushda ikkita o‘g‘limni yo‘qotib bo‘ldim. Yo‘qotadigan hech narsam qolgani yo‘q! Men hech narsadan qo‘rqmayman!”. U qanchalik qarshilik qilmasin, Zoir Rahmonni olib ketishadi, ota esa polkovniklar ko‘z oldida jon taslim qiladi. Qodirov va Marlen nima ham qila olardi – ular bor-yo‘g‘i polkovnik, qarorni esa undan ham kattaroq odamlar qabul qilishgan.
Yuqoridagilarning hammasi xamir uchidan patir. Urush, uning dahshatlarini ko‘rgan Qodirov bularning barchasiga chidaydi, umuman, o‘sha qarorlarni bajarish vaqtida ham Qodirov o‘ziga-o‘zi savol bergan bo‘lib chiqar, balki, nafrat kuchayganidan kuchayib borgandir. Ammo oxirgi buyruq (har holda, bu buyruq Qodirov uchun eng so‘nggisi bo‘ladi) Qodirovni hal qiluvchi tanlov oldida qoldiradi: yo inson bo‘lib qolish, yoki qandaydir jonsiz, hissiz mavjudotga aylanish. Qodirov inson bo‘lib qolishni afzal ko‘radi – tinch hayotda qo‘rqib yashashdan voz kechadi. Qo‘rg‘oshin o‘zini xohlagancha buklab, eritib yuborishlariga qarshi chiqadi… Rim Marlen ham odamlar qatoriga qaytadi – 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinganidan so‘ng. Va butun filmni aynan uning kundaliklari hikoya qilib beradi.
Qodirov so‘nggi buyruqni bajarishdan avval o‘zi ishlagan zavodga boradi, direktorni chaqirtiradi. Direktor xadikda: "Tinchlikmi? Men ustimizdan kimdir yozibdimi, deb o‘ylabman. Xudoga shukr”. Qodirov so‘raydi: "Petrovich, urushda bo‘lgansan, qo‘sha-qo‘sha orden-medallaring bor. Qo‘rqaverishdan charchamadingmi?”. Direktor, yuzda afsus bilan, o‘ylanib turib: "U vaqtda urush edi. Hozir esa tinchlik…”
Kinematografiyamiz shunday bir davrni boshdan kechirmoqda-ki, namoyish etilayotgan filmda xonandalik bilan kino o‘rtasida turgan odam suratga tushmagan bo‘lsa, u kinofestivallarda ishtirok etadigan filmga aylanmoqda. "Qo‘rg‘oshin”da ham xuddi shunday va hatto shunday fikrga ham borish mumkin: filmda rejissor Ayub Shahobiddinov va teleboshlovchi Rahmatilla Mirzayevga ham rollar topilgan.

Zulfiqor Musoqov "Oltin Gepard”ni qo‘lga olganidan keyin ko‘pdan-ko‘p minnatdorchili bildirib, faqat bitta iltimos qildi: "Iltimos, mening filmimni televideniye orqali namoyish eting!”. Zulfiqor Musoqov ushbu film uchun pul ajrattirib bergani uchun Prezident maslahatchisi Jahongir Qosimov va "O‘zbekkino” raisi A’zam Is’hoqovga minnatdorchilik bildiradi. O‘rni kelganda aytish kerak, Qozog‘istondan "Oskar” mukofoti uchun da’vogar sifatida ko‘rsatilgan Yegor Konchalovskiyning "A”ga qaytish” filmi 5 million dollarga suratga olingan va rejissor umuman pul haqida o‘ylamagan ekan. Musoqovning sovrindor filmi uchun buncha mablag‘ ajratilmagan bo‘lsa kerak, ammo hozir shunday fikr keldi: Musoqovga film olish uchun 5 million dollar taqdim etilsa, kim biladi, balki u nafaqat "Oskar” uchun da’vogarlik qiladigan, balki "Oskar” oladigan filmni suratga ola bilsa kerak.
Har holda, men shunga ishonishni boshladim.
 
Muhrim A’zamxo‘jayev
 
Attachments:                          
Category: Cinema News | Views: 1915 | Added by: WebMaster | Tags: cinema news | Rating: 0.0/0

 
 
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Google Ads

Clock

Last issue

Radio Uzbegim

Login Form

Search

Radio Uzbegim Web

Calendar
«  October 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Uzbek Stars

Archive

YouTube News

Friends
  • UzbekTV
  • LiveUzbekTV
  • UzbekTVShows
  • UnitedStudioIlkhom
  • UzbekDvDbazaR
  • UzbekShop
  • UzbekTuron
  • UzbekCinema
  • UzbekShowBusiness
  • UzbekTV-YouTube
  • Официальный блог
  • Uzbek Dictionary
  • FAQ по системе

  • Visitors Globe

    UzbekTVRadio NY
    toolbar powered by Conduit


    Copyright UzTVNY, Inc © 2018 All rights reserved. Reproduction in whole or in part without written permission is prohibited.
    The publisher of this magazine does not assume responsiblity for statements made by advertisers or writers.
    Contact: 49 Bokee CT Apt 1 C, Brooklyn NY-11223 
    Phone:1718-600-6518 info@uzbekny.tv
    "Uzbegim" materiallarni ko‘chirib bosilganda jurnal nomi va web-manzili albatta ko‘rsatilishi shart.

    Make a free website with uCoz